
KENGAŞ KOTIBIYATINING HISOBOT DAVRIDAGI FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI
KENGAŞ KOTIBIYATINING HISOBOT DAVRIDAGI FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengaşi faoliyatining samaradorligini oşiriş, deputatlik nazoratini kuçaytiriş va aholi murojaatlari bilan işlaş holati yuzasidan Kengaş kotibiyati mudiri A. Avliyakulovning axboroti tinglandi.
Qayd etilişiça, hisobot davrida Kengaşning 8 ta sessiyasi ötkazilib, ularda 124 ta masala körib çiqilgan. Deputatlar tomonidan yuborilgan 107 ta deputatlik sörovining 89 tasiga javob berilgan, 7 tasi körib çiqiş jarayonida bölgan, 11 tasiga esa belgilangan muddatdan keçikib javob qaytarilgan.
Aholi bilan muloqot doirasida 81 ta uçraşuv taşkil etilib, 198 ta masala aniqlangan va ularning 191 tasi hal etilgan. Fuqarolardan kelib tuşgan 88 ta murojaatning 53 tasi ijobiy hal qilingan, qolganlari yuzasidan tegişli tartibda iş olib borilgan.
Şuningdek, qonunçilikni tarğib qiliş, jamoatçilik muhokamalarini taşkil etiş va Kengaş faoliyatining oçiqligini ta’minlaş borasida ham muayyan işlar amalga oşirilgan. Jumladan, 5 ta qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan, Kengaş faoliyatiga oid 6 240 ta material ommaviy axborot vositalari, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan.
Muhokama davomida deputatlik sörovlariga öz vaqtida va mazmunli javob beriş, fuqarolar murojaatlarini töliq örganiş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş hamda deputatlik nazorati samaradorligini yanada oşiriş zarurligi ta’kidlandi.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş va Kengaş faoliyati natijadorligini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.