Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK SÖROVLARI IJROSI: MAS’ULIYAT VA NATIJADORLIK MUHIM
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
27 Okt 2026
17:59

DEPUTATLIK SÖROVLARI IJROSI: MAS’ULIYAT VA NATIJADORLIK MUHIM

DEPUTATLIK SÖROVLARI IJROSI: MAS’ULIYAT VA NATIJADORLIK MUHIM

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengaşining navbatdagi yiğilişida deputatlar tomonidan yuborilgan deputatlik sörovlariga öz vaqtida javob berilişi holati, aniqlangan kamçiliklar hamda ularni bartaraf etiş yuzasidan körilayotgan çoralar muhokama qilindi.
Mazkur masala yuzasidan Kengaş kotibiyati mudiri A. Avliyakulov axborot berdi.
Ta’kidlanganidek, 2026-yilning II va III çoraklari davomida deputatlar tomonidan jami 62 ta deputatlik sörovi yuborilgan. Örganişlar natijasida 6 ta sörovga umuman javob berilmagani, 4 ta sörovga esa qoniqarsiz javob berilgani aniqlangan.
Ayniqsa, qoniqarsiz deb topilgan 4 ta javobning barçasi bitta taşkilot tomonidan taqdim etilgani, ularda kötarilgan masalalarning amaliy yeçimi örniga umumiy ma’lumotlar bilan çeklanilgani qayd etildi.
Muhokama davomida deputatlik sörovlariga rasmiyatçilik bilan yondaşmaslik, har bir murojaatda kötarilgan masalaning mohiyatini çuqur örganiş, uni hal etiş mexanizmi, mas’ul taşkilotlar va asoslangan muddatlar böyiça aniq ma’lumot beriş zarurligi ta’kidlandi.
Yiğilişda javobsiz qolgan va qoniqarsiz javob berilgan deputatlik sörovlarini qayta körib çiqiş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş hamda kelgusida ijro intizomini kuçaytiriş yuzasidan tegişli vazifalar belgilandi.