
TERMiZ TUMANIDA JINOYATÇILIKNING OLDINI OLIŞ VA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BÖYIÇA AMALGA OŞIRILGAN IŞLAR TAHLIL QILINDI
TERMiZ TUMANIDA JINOYATÇILIKNING OLDINI OLIŞ VA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BÖYIÇA AMALGA OŞIRILGAN IŞLAR TAHLIL QILINDI
2026-yilning ötgan 9 oyi davomida Termiz tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, kriminogen vaziyatni yaxşilaş hamda jamoat xavfsizligini ta’minlaş borasida huquq-tartibot idoralari va keng jamoatçilik hamkorligida tizimli işlar olib borildi.
Hisobot davrida tumanda jami 240 ta jinoyat qayd etilib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 83 taga yoki 52,9 foizga oşgan. Jumladan, oğir jinoyatlar 129,7 foizga, öta oğir jinoyatlar esa 114,3 foizga köpaygan. Şu bilan birga, kam ahamiyatli jinoyatlar 27,6 foizga kamaygan.
Oldi olinişi mumkin bölgan jinoyatlar soni 58 tadan 52 taga, ya’ni 10,3 foizga kamaygani kuzatilgan. Şuningdek, yöl-transport hodisalari bilan boğliq jinoyatlar soni 21 tadan 16 taga tuşib, 23,8 foizga kamaygan.
Alohida toifadagi şaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahliliga köra, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 40 foizga, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 80 foizga, yoşlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 17,4 foizga kamaygan.
Hisobot davrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va kontrabandasiga qarşi kuraşiş yönalişida ham tegişli çoralar körilgan. Xususan, 62 ta kontrabanda holati aniqlanib, ular yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat işlari qözğatilgan.
Mahallalarda jinoyatçilik holatini tahlil qiliş, xavf omillarini aniqlaş va profilaktika tadbirlarini manzilli taşkil etişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Şu bilan birga, jinoyatlar soni ortgan hududlarda profilaktik işlarni kuçaytiriş, jinoyat sodir etişga moyil şaxslar bilan individual işlaş hamda yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş dolzarb vazifa bölib qolmoqda.
Kelgusida “Profilaktika kuni” tadbirlarini samarali taşkil etiş, “mahallabay, xonadonbay va oilabay” tamoyili asosida aholi muammolarini örganiş, ularni öz vaqtida bartaraf etiş hamda huquq-tartibot idoralari va jamoatçilik hamkorligini yanada kuçaytiriş rejalaştirilgan.