
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — davlat organlari va taşkilotlari faoliyatida qonuniylik, şaffoflik hamda adolatni ta’minlaşning eng muhim şartlaridan biridir.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — davlat organlari va taşkilotlari faoliyatida qonuniylik, şaffoflik hamda adolatni ta’minlaşning eng muhim şartlaridan biridir.
Davlatimiz rahbari iştirokida 2025-yil 5-mart kuni ötkazilgan yiğilişda barça sohalarda komplayens nazorat tizimini joriy etiş, korrupsion holatlarning oldini oliş va ularga qarşi kuraşiş böyiça qat’iy vazifalar belgilangan edi.
Biroq ayrim taşkilotlarda uşbu yönaliş uçun mas’ul xodimlarning öz vazifalariga yetarliça e’tibor qaratmayotgani korrupsiyaga qarşi profilaktik işlar samaradorligiga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Afsuski, 2026-yilning ötgan davrida Termiz tumani böyiça 10 nafardan ortiq mansabdor şaxsga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan. Soğliqni saqlaş, energetika, ta’lim, bank, bojxona, irrigatsiya hamda boşqa sohalarda aniqlangan holatlar korrupsiyaga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş borasidagi işlarni yanada kuçaytiriş zarurligini körsatmoqda.
Prokuratura organlari tomonidan mansabdorlik bilan boğliq jinoyat işlari böyiça davlat, jamoat va fuqarolarga yetkazilgan 12,2 milliard sömdan ortiq zarar aniqlanib, tergov davomida 7,4 milliard sömi undirilgan.
Şuningdek, ayrim mansabdor şaxslarning pora talab qilişi va xizmat mavqeini şaxsiy manfaatlari yölida suiiste’mol qilişi bilan boğliq holatlar aniqlanib, qonuniy çoralar körilgan. Bunday holatlar heç bir sohada korrupsiyaga murosasiz munosabatni susaytirmaslik lozimligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning emas, balki har bir rahbar va har bir xodimning mas’uliyatidir. Buning uçun komplayens nazorat tizimi faoliyatini kuçaytiriş, profilaktika işlarini samarali taşkil etiş, davlat xizmatlarida oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş hamda qonunbuzilişlarga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş zarur.
Korrupsiyadan xoli jamiyat — taraqqiyot, adolat va xalq işonçining mustahkam poydevoridir!