Barcha yangiliklar
13-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Gallery image 277711
Gallery image 277712
Gallery image 277713
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
28 Okt 2026
17:50

13-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Deputatlik o‘rganishi davomida Chilonzor mahallasida joylashgan 13-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda maktabda 952 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ta’lim muassasasi 955 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan.

O‘rganish jarayonida maktabning kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarligi, xususan, isitish tizimi faoliyati va yoqilg‘i zaxirasi holatiga e’tibor qaratildi. Mavsumga tayyorgarlik doirasida maktabga ko‘mir yetkazib keltirilgani ma’lum qilindi.

Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — ta’lim muassasasida qish mavsumida o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib harorat sharoitini ta’minlash, mavjud tayyorgarlik holatini baholash hamda ehtimoliy muammolarning oldini olishdan iborat.