Barcha yangiliklar
AHOLI BILAN UCHRASHUVLARDA KO‘TARILGAN MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
Gallery image 277692
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Okt 2026
17:48

AHOLI BILAN UCHRASHUVLARDA KO‘TARILGAN MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

AHOLI BILAN UCHRASHUVLARDA KO‘TARILGAN MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining deputati Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammolar yuzasidan deputatlik nazorati doirasida deputat so‘rovi yuborildi.
📅So‘rov 2026-yil 28-oktabr kuni 65-ds-485-26-son bilan Davlat kadastrlari palatasi Parkent tuman filiali rahbari A. Burxonovga yuborildi.
🏛Deputat so‘rovi fuqarolar bilan muloqotlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va mahallalarda xatlov ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.
Mazkur masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosiga aniqlik kiritish maqsadida yuborildi.
📋 Deputat so‘rovida quyidagi masalalar yuzasidan ma’lumot so‘raldi:
🔹 Qonun asosida yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan obyektlar hamda rasmiylashtirilgan kadastr hujjatlari soni;
🔹 Mahallalar kesimida xatlov ishlarining bajarilish holati va tasdiqlangan reja-grafik ijrosi;
🔹 Belgilangan muddatlarda yakunlanmagan ishlarning sabablari va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
🔹 Fuqarolarning mazkur masalaga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish holati hamda xatlov ishlarini jadallashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar.
📌 Deputat so‘rovi orqali aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarga aniqlik kiritish, Qonun ijrosi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumotlarni olish hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.