Barcha yangiliklar
Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlik o‘rganishlari doirasida
Gallery image 277685
Gallery image 277686
Gallery image 277687
Gallery image 277688
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
28 Okt 2026
17:48

Maktabdagi ta’lim sharoitlari deputatlik o‘rganishlari doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Marg‘ilon shahrida deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 23-Chilonzor saylov okrugi deputati E.Yunusov, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida Chilonzor mahallasida joylashgan 13-maktabda o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda maktab faoliyati bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Mazkur jarayon ta’lim muassasasidagi holatni joyida ko‘zdan kechirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilashga qaratildi.