








Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa!
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa!
🏛 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati K. Muxitdinova, Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Shopotixov hamda Eksport guruhi raisi o‘rinbosari X. Xamidovlar Olmazor tumani Umid mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning holidan xabar oldilar.
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalar asosaida Aholi bandligi masalalari, Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash.
🔎 Tashrif davomida fuqaroning ijtimoiy ahvoli, mavjud ehtiyojlari va bandlik bilan bog‘liq muammolari atroflicha o‘rganildi. Fuqaroning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi hamda turmush sharoitini yaxshilash maqsadida uni ishga joylashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.
☑️ O‘rganish natijasida fuqaroning bandligini ta’minlash va ishga joylashtirish masalasi ijobiy hal etildi. Bu orqali fuqaroga munosib turmush sharoitini yaratish, uning ijtimoiy faolligini oshirish va oilaviy daromadini yaxshilashga ko‘maklashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 450-sonli *“Aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”*gi qarori ijrosini tumanda organish masalasi muhokama qilindi
🎯 Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishdan iborat.