




DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
🟢 O‘rganish davomida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ijrosi ko‘rib chiqildi.
🟢 Bo‘lim boshlig‘i E.Islomov bilan o‘tkazilgan mulootda hududlarda agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, bog‘dorchilikda shpaler tizimidan samarali foydalanish, yer maydonlaridan oqilona foydalanish hamda ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
📊 Dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, deputat tomonidan tumandagi dehqon xo‘jaliklarining umumiy soni, ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik holati, 2026-yilda yangidan tashkil etilgan xo‘jaliklar va ularga tegishli yer maydonlari haqida savollar berildi. Shuningdek, dehqon xo‘jaliklarining davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va boshqa qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlaridan foydalanish holati yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanish, xo‘jaliklarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.
🟢 Nazorat tadbiri davomida sohada uchrayotgan muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.
✅ O‘rganish yakunida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish, dehqon xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yer resurslaridan oqilona foydalanish va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi, yer resurslaridan samarali foydalanish va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.