Barcha yangiliklar
13-Yoyilma saylov okrugidagi 17-maktabda sport infratuzilmasi deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
Gallery image 277667
Gallery image 277669
Gallery image 277671
Gallery image 277672
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
28 Okt 2026
17:47

13-Yoyilma saylov okrugidagi 17-maktabda sport infratuzilmasi deputatlik nazoratidan o‘tkazildi

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish hamda mavjud sport infratuzilmasining holatini o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya doirasida navbatdagi o‘rganish 13-Yoyilma saylov okrugidagi 17-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Abdurahmonov, komissiya a’zosi N.Akbarova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov ishtirok etdi. Jarayonda maktab direktori ham qatnashdi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sport sharoitlari, mavjud sport inshootlari, sport zalining holati hamda undagi sport anjomlari va jihozlarining saqlanish darajasi ko‘zdan kechirildi.

Bunda sport zali va mavjud anjomlarning o‘quvchilar ehtiyojiga mosligi, ulardan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida foydalanish imkoniyatlari hamda sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.

Zero, maktablarda sport infratuzilmasining talab darajasida bo‘lishi yosh avlodning jismonan sog‘lom, faol va barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim o‘rin tutadi. Shu bois ta’lim muassasalaridagi mavjud imkoniyatlarni o‘rganish, sport jihozlarining holatiga e’tibor qaratish va zarur sharoitlarni yaxshilash masalalari deputatlik nazoratida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni baholash va mavjud masalalarga amaliy yechim topishga ko‘maklashishga qaratilgan.