Barcha yangiliklar
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Gallery image 277659
Gallery image 277660
Gallery image 277661
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Okt 2026
17:46

AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 5-«Changi» saylov okrugidan saylangan deputati Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tuman sport maktabida yaratilgan sharoitlar va mashg‘ulotlar faoliyati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida sport maktabida yoshlarning jismoniy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
📌 Xususan, shaxmat yo‘nalishida tashkil etilgan mashg‘ulotlar kuzatilib, to‘garaklar faoliyati, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, mavjud sport anjomlari va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shaxmatning yoshlar tafakkurini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati qayd etildi.
📌 Deputatlik nazorati jarayonida sport maktabi mas’ullari bilan muloqot qilinib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, mashg‘ulotlar sifatini yanada oshirish, sport anjomlaridan unumli foydalanish va bolalarni sport to‘garaklariga keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📌 Deputat tomonidan yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, sport maktabi faoliyatini rivojlantirish, mashg‘ulotlarga qamrovni kengaytirish hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📌 Sport — sog‘lom turmush tarzi, barkamol avlod va mustahkam iroda garovi. Shu bois, bolalar va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqarish hamda ommaviy sportni rivojlantirish muhim vazifalardan biridir.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, mavjud masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettiriladi.