

📢 Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi 30-oktabr kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
🔹Shahar prokuraturasi tomonidan huquqbuzarlikka qarshi kurashish, jinoyatchilikni oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini oshirish borasida 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
🔹Shahar ichki ishlar bo‘limi tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash va kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
🔹Marg‘ilon shahar xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida shahar davlat organlari, korxona va tashkilotlarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risida.
🔹Shahar hokimligining “Shahar mahalliy budjetining 2026-yilgi shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
🔹Marg‘ilon shahar aholisining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida.
🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 16-oktabrdagi VII-33-70-11-168-K/26-sonli qarori ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
Kun tartibi bilan tanishing va fikringizni
🤖 @margilonmurojaat_bot orqali bildiring!