


“NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
“NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 16-«Bodomtepa» saylov okrugidan saylangan deputati Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
🔵 O‘rganish jarayonida qonun talablarining amaliyotga joriy etilishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, qamrovi hamda samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Xususan, 2026-yil davomida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar va boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga ko‘rsatilgan xizmatlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
🔵 O‘rganish davomida markazning Katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Turopov Umid Toliboyevich bilan muloqot o‘tkazildi. Deputat tomonidan qonun ijrosi va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar yuzasidan bir qator aniq savollar berildi.
❓ Jumladan:
🔹 2026-yil davomida nogironligi bo‘lgan shaxslardan qancha murojaat kelib tushgan va ularning nechtasi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan?
🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ijtimoiy xizmat va yordamlarni manzilli tashkil etish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
🔹 Ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan qanday choralar ko‘rilmoqda?
🔵 Berilgan savollar yuzasidan mas’ul xodimning axboroti tinglanib, markaz faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumotlar olindi.
✅ O‘rganish yakunida qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga manzilli yordam ko‘rsatish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.