





BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Xojiboyev Jalol Xotamboyevich o‘ziga biriktirilgan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Parkent tumani bo‘limida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib bordi.
O‘rganishda bo‘lim boshlig‘i Jalolov Elmurod Ruhitdin o‘g‘li hamda boshqa xodimlar bilan suhbatlashilib, O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘RQ-484-son Qonuni ijrosi, bo‘lim faoliyati va belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan fikr almashildi.
🟢 Suhbat davomida o‘simliklar karantini va fitosanitar nazoratni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish, hududda fitosanitar monitoring olib borish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar olindi.
Shuningdek, eksport va import qilinayotgan o‘simlik mahsulotlarini karantin nazoratidan o‘tkazish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, fuqarolar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Deputat tomonidan qonun ijrosi yuzasidan mas’ullarga bir qator savollar berildi. Jumladan, qonun talablarining bajarilishi, fitosanitar monitoring samaradorligi, karantin tadbirlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, qishloq xo‘jaligi ekinlarida aniqlanayotgan zararkunanda va kasalliklarga qarshi ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mas’ullarning tushuntirishlari tinglandi.
Bundan tashqari, bo‘limning kadrlar bilan ta’minlanganligi, xodimlarning malakasini oshirish, mavjud muammo va ehtiyojlar hamda qonun ijrosini ta’minlashda yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilindi.
🟢 O‘rganish yakunida qonunchilik talablariga to‘liq rioya etish, fitosanitar nazorat samaradorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘makni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, deputat tomonidan o‘ziga biriktirilgan tashkilot faoliyatini deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib borish, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi va berilgan tavsiyalar ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.