



HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT O‘RGANILDI
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT O‘RGANILDI
🏭 Investitsiya — yangi ish o‘rinlari va iqtisodiy rivojlanish omili!
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 15-«Beshkappa» saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gavhar Rizayeva tomonidan Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va tashish uchun mo‘ljallangan plastik yashiklar ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati ko‘zdan kechirildi.
🔹 Korxona faoliyati va ishlab chiqarish quvvati
O‘rganish davomida korxonaning tashkil etilishi, ishlab chiqarish jarayoni, investitsiya mablag‘laridan foydalanish samaradorligi hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi natijalariga e’tibor qaratildi.
Ma’lum bo‘lishicha, korxona 500 ming AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan. Ishlab chiqarish uchun zarur uskunalar Xitoy davlatidan olib kelingan bo‘lib, korxonada kuniga o‘rtacha 1 500 donadan ziyod plastik yashik ishlab chiqarilmoqda.
🔹 Yoshlar bandligiga munosib hissa
Bugungi kunda korxonada 6 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlangan. E’tiborlisi, ularning 2 nafari mehnat faoliyatini davom ettirish bilan birga oliy ta’lim muassasasida ham tahsil olmoqda. Bu esa yoshlarning bilim olishi va daromad topishi uchun imkoniyat yaratilganini ko‘rsatadi.
📌 Deputatlik nazorati doirasida hududga jalb etilgan investitsiyalarning amaliy natijalari, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday korxonalar faoliyatini rivojlantirish mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.