










XALQ DEPUTATLARI KENGAŞINING 31-SESSIYASI BÖLIB ÖTDI
XALQ DEPUTATLARI KENGAŞINING 31-SESSIYASI BÖLIB ÖTDI
Bugun Xalq deputatlari Parkent tuman Kengaşining yettinçi çaqiriq öttiz birinçi sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya kun tartibidan tuman ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid qator muhim masalalar örin oldi. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari hamda aholi muammolari bilan işlaş holati körib çiqildi. Şuningdek, tuman prokuraturasining 2026-yilning töqqiz oyi davomida amalga oşirgan işlari, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasidagi faoliyati yuzasidan axborot tinglandi. Bundan taşqari, tuman Içki işlar bölimi tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida amalga oşirilgan işlar, tuman Adliya bölimining qonun ijodkorligi va huquqni qöllaş jarayonida mavjud qonunbuzarliklar yuzasidan axboroti muhokama qilindi. Kun tartibidan tumandagi korxona va taşkilotlarda 2027-yil uçun iş örinlarining eng kam sonini belgilaş masalasi ham örin oldi.
➡️Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, ular yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.