Barcha yangiliklar
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
Gallery image 277592
Gallery image 277593
Gallery image 277594
Gallery image 277595
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Okt 2026
17:36

AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI

AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
➡️ Aholi salomatligini muhofaza qilish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oshirish va fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 4-«Bo‘ston» saylov okrugidan saylangan deputati Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida o‘zi saylangan okrug hududidagi «Bo‘ston» oilaviy shifokorlik punktida (OSHP) o‘rganish ishlari olib borildi.
🗣 O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan ambulatoriya xizmatlari, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlarning sifati hamda sanitariya-tozalik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiy yordamni tashkil etish jarayoni va aholining mavjud xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
🟢 O‘rganishning muhim yo‘nalishlaridan biri — «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosini ko‘rib chiqish bo‘ldi. Xususan, Qonunning 29-moddasida belgilangan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami aholiga qulay va bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishning asosiy turi sifatida amalda qanday tashkil etilayotgani tahlil qilindi.
🗣 Mazkur masalalar yuzasidan tibbiyot xodimlariga savollar berilib, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami o‘z vaqtida va bepul ko‘rsatilishi, fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanishida yuzaga kelayotgan muammolar hamda bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash holati haqida fikr-mulohazalar olindi.
🗣 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik faoliyati, ish jarayonida uchrayotgan muammolar va mavjud takliflari tinglandi. Muloqot davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish hamda tibbiy yordamning o‘z vaqtida tashkil etilishiga doir masalalar muhokama qilindi.
🗣 Aholi salomatligini asrashda dori vositalaridan oqilona va samarali foydalanish, bemorlarning zarur tibbiy yordam olishini ta’minlash hamda tibbiy xizmatlar sifatini muntazam yaxshilab borish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
🟢 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🗣 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati va samaradorligini oshirish hamda qonun hujjatlarida belgilangan talablar ijrosini ta’minlash masalalari deputatlik nazorati doirasida izchil kuzatib boriladi.