Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Gallery image 277588
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Okt 2026
17:35

DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI

DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
✅ Aholi xavfsizligi va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar deputatlik nazorati diqqat markazida!
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida bildirilgan taklif va muammolarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar e’tiboriga yetkazish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishiga erishish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 19-«Chashma» saylov okrugidan saylangan deputati Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan yuborilgan 50-ds-485-26-sonli deputat so‘rovi Xurriyat mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi So‘qoq shox ko‘chasida, Kungay jome masjidi yonida joylashgan chorrahaga svetofor o‘rnatish masalasiga qaratilgan edi.
🚦 Mazkur masala yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport vositalari harakatini tartibga solish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Deputat so‘roviga Parkent tumani IIB YHXB boshlig‘i, mayor R.R. Saitbabayev tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
🛣 Rasmiy javobda ushbu hududdan 151A — «D015 avtomobil yo‘lidan So‘qoq dam olish maskaniga» olib boruvchi avtomobil yo‘lining 4 kilometri o‘tishi hamda mazkur yo‘l tik nishablik xususiyatiga ega ekanligi qayd etilgan.
⚠️ Shuningdek, qish mavsumida transport vositalarining keskin to‘xtashi natijasida sirpanish yuzaga kelishi va buning oqibatida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishi ehtimoli mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu sababli, yo‘lning mavjud sharoitlari va harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda, mazkur chorrahaga svetofor o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligi bildirilgan.
⚠️ Deputatlik so‘rovi — aholi muammolarini o‘rganish va ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqishning muhim vositasidir. Har bir murojaat yuzasidan asoslantirilgan javob olinishi, masalaga tegishli tartibda munosabat bildirilishi deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
➡️ Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi bundan buyon ham deputatlik nazorati doirasida saylovchilar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlarga yetkazish, ularning ko‘rib chiqilishini nazorat qilish va aholi manfaatlarini ifoda etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiradi.