Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida
Gallery image 277587
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
28 Okt 2026
17:35

Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy va huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda, bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Termiz shahar huquqiy maslahat byurosida fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar diqqat bilan tinglanib, ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi. Murojaatchilarga ularning huquq va qonuniy manfaatlari, amaldagi qonunchilik talablari hamda muammolarni hal etishning huquqiy mexanizmlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar ko‘rishni talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlash hamda ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Asosiy maqsad — fuqarolarning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, ularning muammolariga qonuniy yechim topish va aholining huquqiy savodxonligini oshirishdir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni rivojlantirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda malakali huquqiy yordam ko‘rsatish borasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni izchil davom ettiradi.