


#deputat_soʻrovi
🇺🇿 Deputat sörovi yuborildi: Markaziy MFYdagi muammolar kötarildi
Xalq deputatlari Taxiatoş tumani Kengaşi deputati, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi vakili Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich Taxiatoş tumani hokimi örinbosari F. Bekjanovga aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan deputat sörovi yubordi.
📍 Deputat sörovida qaysi muammolar kötarilgan?
🚒 4-sonli oilaviy yotoqxonalar oldidagi yöl muammosi. Dö‘stlik (oldingi Abdambetov) köçasi tomonida yangi dökon qurilişi boşlangani sababli yöl tartibsiz holatga kelgani, tez tibbiy yordam va yonğin öçirish avtomobillari erkin harakatlanişi uçun, şuningdek, yonğin-qutqaruv texnikasi kirib-çiqişi uçun yetarli kenglik qoldirilmagani qayd etilgan.
🚧 Yotoqxonalarning orqa tomonidagi muammolar. Kanalizatsiya qaziş işlaridan keyin eski suv lotoklari olib taşlangani, hudud tartibsiz holatda qolgani, yöllar tekislanmagani hamda içimlik suvi quvuri yorilib, suv isrof bölayotgani bayon etilgan.
📩 Deputat sörovida tuman hokimi örinbosaridan mazkur masalalar yuzasidan asoslantirilgan tuşuntiriş beriş va öz nuqtayi nazarini bayon qiliş söralgan.
Qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq, deputat söroviga javob sörov olingan kundan e’tiboran 10 kundan keçiktirmasdan taqdim etilişi lozim.
Maqsad — aholini qiynayotgan muammolarga mas’ul taşkilotlar e’tiborini qaratiş hamda ularning yeçimi yuzasidan tegişli çora-tadbirlar körilişiga erişiş.