Barcha yangiliklar
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 277578
Gallery image 277579
Gallery image 277580
Gallery image 277581
Gallery image 277582
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Okt 2026
17:34

KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
⚠️ Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish, kuz-qish mavsumida uzluksiz ta’lim jarayonini ta’minlash hamda isitish tizimlarining barqaror ishlashiga erishish Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-«Beshkappa» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 17-«Bo‘rsiliq» saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq «Samsarak» MFY hududida joylashgan 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
🔥 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi vakili — mahalla raisi hamda maktab ma’muriyati vakillari ham ishtirok etdi. Hamkorlikda ta’lim muassasasining mavsumga tayyorgarlik holati, mavjud sharoitlar va isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
🔥 Nazorat-tahlil tadbiri davomida maktabning kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritishi uchun amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Jumladan, isitish tizimi, isitish uskunalari va qozonxonalarning texnik holati, issiqlik uzatish tarmoqlarining sozligi hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratilganligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔥 Shuningdek, maktab qozxonalarining foydalanishga tayyorlik holati, isitish tizimlarining ishlashga shayligi, yong‘in xavfsizligi vositalari va zarur anjomlar bilan ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi.
✅ O‘rganish yakunlariga ko‘ra, 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilgani, isitish tizimlari va qozonxonalar foydalanishga tayyor holatga keltirilgani hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgani qayd etildi.