Barcha yangiliklar
“TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI YUZASIDAN JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI
Gallery image 277571
Gallery image 277572
Gallery image 277573
Gallery image 277574
Gallery image 277575
Gallery image 277576
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Okt 2026
17:32

“TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI YUZASIDAN JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI

“TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI YUZASIDAN JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI
Aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnik holatini yaxshilash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida “Tashabbusli budjet” loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan jamoatchilik nazorati olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-«Tolbuloq» saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan o‘zi saylangan okrugdagi «Fayzobod» mahallasida joylashgan 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi vakili — «Fayzobod» MFY raisi O. O‘roqov ham ishtirok etdi.
Jamoatchilik nazorati davomida “Tashabbusli budjet” loyihasining 2026-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy ta’mirlash loyihasi doirasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holatiga e’tibor qaratildi.
Loyiha doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
🔹 Guruh xonalarini joriy ta’mirlash;
🔹 Binoning tashqi fasadini yangilash;
🔹 Eshik va deraza romlarini ta’mirlash yoki almashtirish;
🔹 Hojatxonalarni ta’mirlash;
🔹 Elektr tizimini qayta montaj qilish;
🔹 Pol qismini to‘liq almashtirish.
Nazorat-tahlil tadbiri davomida muassasada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan me’yor va talablar asosida bajarilishi, shuningdek, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur loyiha maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalar uchun qulay, ozoda va xavfsiz sharoitlar yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish hamda muassasaning moddiy-texnik holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Deputat va mahalla raisi ishtirokida o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati aholi tashabbusi bilan ilgari surilgan loyihaning ijrosini kuzatish, bajarilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilish hamda budjet mablag‘laridan samarali foydalanish ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashga qaratildi.