Barcha yangiliklar
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLARDAN FOYDALANISH HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
Gallery image 277552
Gallery image 277553
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
28 Okt 2026
17:32

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLARDAN FOYDALANISH HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLARDAN FOYDALANISH HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
🔥 Aholini ijtimoiy himoya qilish, ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish bugungi kundagi muhim vazifalardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni ijrosi doirasida mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning hayotiy ehtiyojlarini aniqlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-«Beshkappa» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan «Beshkappa» mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 Jarayon davomida mahalla ijtimoiy xodimi Turg‘unova Muslima tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash, mavjud muammolarni o‘rganish hamda zarur ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📌 Jumladan, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy holatini yaxshilash, davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va yordamlarning o‘z vaqtida hamda manzilli yetkazilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📊 O‘rganish davomida aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, «Beshkappa» MFY hududida 114 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. Ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlardan foydalanish holati, mavjud imkoniyatlar va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📌 Shuningdek, 2026-yilning o‘tgan davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar ham tahlil qilindi. Xususan, 1 nafar fuqaroga davolanish uchun tavsiyanoma rasmiylashtirilgani, ehtiyojmand fuqarolar esa POMRT mahsulotlari bilan ta’minlangani qayd etildi.
👌 Deputatlik nazorati davomida ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligini oshirish, har bir fuqaroning individual ehtiyojidan kelib chiqib yondashish, mavjud imtiyozlardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning murojaat va ehtiyojlariga befarq bo‘lmaslik, ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligini ta’minlash hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlariga ko‘maklashish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.