Barcha yangiliklar
Fuqarolar muammolari örganildi
Gallery image 277542
Gallery image 277543
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
28 Okt 2026
17:29

Fuqarolar muammolari örganildi

Xalq deputatlari tuman Kengaşining 2026-yilga möljallangan iş rejasiga muvofiq Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aşurov tomonidan tumanning “Navröz” mahallasida istiqomat qiluvçi fuqarolar murojaati joyiga çiqqan holda örganildi.

🔻Örganiş davomida köp qavatli uylarda yaşovçi aholining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, uy-joylarni saqlaş va ularga xizmat körsatiş sifatini oşiriş bilan boğliq masalalarga eʼtibor qaratildi.

🔻Jumladan, köp qavatli uylarning yertöla qismlari va kiriş yölaklarini taʼmirlaş, ularning sanitariya holatini yaxşilaş, uylar atrofini obodonlaştiriş hamda aholi uçun qulay va ozoda muhit yaratiş masalalari körib çiqildi.

🔻Deputat tomonidan mavjud masalalar yuzasidan masʼullarga tegişli tavsiyalar berildi. Xususan, fuqarolar murojaatlarida kötarilgan muammolarni atrofliça körib çiqiş, ularni hal etiş çoralarini belgilaş, köp qavatli uylarning yertöla va kiriş qismlarini taʼmirlaş hamda hududlarni obodonlaştiriş işlariga eʼtibor qaratiş zarurligi taʼkidlandi.