

Deputatning huquqlari:
tegişli hududlarni rivojlantiriş dasturlarining bajarilişi ustidan nazoratni amalga oşirişga;
tegişli xalq deputatlari Kengaşiga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor şaxsning hisoboti yoki axborotini mazkur xalq deputatlari Kengaşining majlislarida eşitiş töğrisida taklif kiritişga;
Özbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilişini, şuningdek, tegişli xalq deputatlari Kengaşi qarorlarining bajarilişini tekşiriş töğrisida körib çiqilişi uçun masalalar taklif etişga;
tegişli xalq deputatlari Kengaşi majlislarining stenogrammalari bilan tanişişga;
saylovçilar bilan, fuqarolarning özini özi boşqariş organi, siyosiy partiya taşkiloti bilan uçraşuvlar ötkazişga;
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buziş hollari yoki qonunçilikni buzişning boşqa hollari maʼlum bölib qolgan taqdirda ularga darhol çek qöyiş çoralarini köriş talabi bilan tegişli organlar hamda mansabdor şaxslarga murojaat etişga haqli.
Asos: Özbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşi deputatining maqomi töğrisida”gi Qonuni, 5-modda.