Barcha yangiliklar
#munosabat
ALIMOV SALAMAT KALBAEVICH
28 Okt 2026
16:42

#munosabat

Muhim jarayonga munosib hissa qöşamiz
Har qanday tilning taraqqiyoti uni örganiş, rivojlantiriş va zamon talablariga mos ravişda qöllaşga bölgan e’tibor bilan çambarças boğliq.
Özbek alifbosini takomillaştirişga qaratilgan özgarişlar ham yozuv tizimiga yangiça yondaşiş, til madaniyatini yuksaltiriş va uning imkoniyatlarini kengroq namoyon etiş uçun muhim ahamiyatga ega.
Mazkur yangilanişlarning mazmunini töğri tuşuniş, ularni jamoatçilikka sodda va ravon tilda yetkaziş, ayniqsa, yoş avlodda yangi alifboni örganişga qiziqiş uyğotiş dolzarb vazifalardan biridir. Bunda har bir soha vakillari özaro hamkorlikda iş olib borişi muhim.
Yangi yozuv me’yorlarini özlaştiriş faqat mutaxassislarning emas, balki jamiyatning barça a’zolarining e’tiborini talab etadi. Har birimiz öz bilimimizni oşiriş, yangi harflarning yozilişi va qöllanilişini örganiş orqali bu jarayonga munosib hissa qöşa olamiz.
Eng muhimi, özgarişlarga ongli yondaşiş, ularni belgilangan tartib asosida özlaştiriş va boşqalarga töğri tuşuntirişdir. Milliy tilimizning nufuzini oşiriş uning boyligini namoyon etiş bilan birga, yozuv madaniyatiga amal qilişni ham taqozo etadi. Tilning ertangi taraqqiyoti bugungi e’tiborimizdan boşlanadi, uni asrab-avaylaş esa barçamizning umumiy burçimizdir.

Aziz Ibragimov
Xalq deputatlari Bözatov tumani Kengaşi deputati.