



#kunlik_ish_reja_ijrosi #qaror_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Deputatlik nazorati: “Alpomish” mahallasida ko‘p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Aholi uchun qulay va shinam yashash muhitini yaratish, ko‘p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish hamda hududlarda tozalik va tartibni ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri, 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Alpomish” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘p kvartirali uylar atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–48-son qarori hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 18-martdagi VII-19-17-8-121-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
O‘rganish davomida Alisher
Navoiy ko‘chasidagi 4-sonli ko‘p qavatli uy yo‘laklarini betonlash ishlari
ham ko‘rib chiqildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 0,3 ming
kvadrat metr maydonni betonlashga 66,0 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
O‘rganish davomida ko‘p
kvartirali uylar atrofining obodonlashtirilishi, hududlarning sanitariya
holati, tozalikni saqlash, yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda aholiga
qulay yashash sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan
kechirildi.
Shuningdek, hududni yanada obod qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish
va ko‘p kvartirali uylar atrofida tozalik hamda tartibni muntazam ta’minlash
masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish natijalari asosida tegishli masalalar yuzasidan tavsiyalar
berilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va hududlarda
obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Obod mahalla —
aholi farovonligi va qulay yashash muhitining muhim omili. Shu bois ko‘p kvartirali uylar atrofini
obodonlashtirish hamda hududlarning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha
ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.