



Deputat va mahalla yettiligi: aholi muammolari va ularning yechimi muhokamada
Deputat va mahalla yettiligi: aholi muammolari va ularning yechimi muhokamada
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati O. Abduraximov tomonidan Olmazor MFYda mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar
bilan ishlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlarni o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va mahalladagi dolzarb masalalarga yechim topishda mahalla yettiligi a’zolarining hamkorligini kuchaytirish
yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi muammolariga o‘z vaqtida yechim topish hamda mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.