Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 277491
Gallery image 277492
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
28 Okt 2026
16:03

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#kotibiyat_mudirii_faoliyati
#deputat_faoliyati

“Bag‘rikeng” va “Obod yurt” mahallalarini bog‘lovchi yo‘lda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

✅Bandixon tumanida mahallalararo yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz qatnov sharoitlarini yaratish hamda hududlarni obod maskanlarga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 11-“Bag‘rikeng” saylov okrugi deputati J.Abdinazarov hamda Kengash kotibiyati mudiri Azamat Pardayev “Bag‘rikeng” mahallasida bo‘lib, “Bag‘rikeng” va “Obod yurt” mahallalarini bog‘lovchi yo‘lda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rgandilar.

✅Hozirda ikki mahallani bog‘lovchi yo‘lning 4 kilometrlik qismi asfalt qoplamasi yotqizishga tayyorlanmoqda. Tashrif davomida yo‘lning amaldagi holati, ta’mirlashga tayyorgarlik ishlari, shuningdek, mahalla hududidagi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash choralari ko‘zdan kechirildi.

✅O‘rganish yakunida yo‘l ishlarini sifatli bajarish, belgilangan muddatlarga rioya etish hamda hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish yuzasidan mas’ullarga tavsiya va takliflar bildirildi.

✅Mazkur ishlar mahallalar o‘rtasidagi qatnovni yengillashtirish, aholi uchun qulay muhit yaratish va hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.