
“Guliston” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatining haftalik ish rejasi
ijrosi hamda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi
rejalashtirilayotgan masalalar doirasida kotibiyat mudiri, deputat A.Ashurov
va kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov 16-“Guliston”
saylov okrugi deputati F.Homidov bilan birgalikda “Guliston”
mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida
mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish,
fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari
yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar tahlil qilindi.
Mazkur jarayon mahalliy
Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi
doirasida tashkil etilib, deputatlarga biriktirilgan 162 ta qonun hujjati
ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Xususan, O‘zbekiston
Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni
talablari asosida ishlab chiqilgan savolnoma orqali hokim yordamchisining
faoliyati tahlil qilindi. Bunda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish
istagidagi fuqarolar bilan ishlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga
chiqarish, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish hamda tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor
qaratildi.
Shuningdek, mahallada
mavjud tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, aholini daromadli
mehnat bilan band qilish va oilalar farovonligini oshirish borasidagi
imkoniyatlar ham ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida
aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan
vazifalar ijrosini ta’minlash, qonun hujjatlari talablariga rioya etish hamda
mahalla darajasida aholi muammolarini hal qilish bo‘yicha deputatlik nazoratini
izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Deputatlik
nazoratining asosiy maqsadi — qonun hujjatlari ijrosini joyida o‘rganish,
mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashishdir.