
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Yoshlar bandligi va muammolari deputatlik nazoratida: “Guliston” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi
Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini joyida aniqlash va bandligini
ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri. Termiz shahridagi “Guliston”
mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati ayni shu mezonlar asosida tahlil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF–163-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida Xalq
deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat
bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 16-"Guliston" saylov
okrugidan saylangan deputati F.Homidovning saylov okrugiga qarashli “Guliston”
mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi A.Abdujabborovning faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida “Yoshlar
daftari” bilan ishlash holati, uyushmagan yoshlar o‘rtasida profilaktik
tadbirlarni tashkil etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni
kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar atroflicha
ko‘rib chiqildi.
E’tiborlisi,
o‘rganish amaliy natija bilan davom etdi. Mahalladagi ishsiz yoshlardan birining muammosi
joyida o‘rganilib, uning bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi. Natijada yosh
fuqaro doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi.
Bu kabi amaliy yondashuv
yoshlar bilan ishlashda ularning muammolarini shunchaki aniqlash emas, balki
ularni hal etish, bandligini ta’minlash va hayotda o‘z o‘rnini topishiga
ko‘maklashish muhim ekanini ko‘rsatadi.
O‘rganish yakunida yoshlar
yetakchisi faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlarning murojaatlari va
muammolariga manzilli yondashish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Yoshlar — mamlakat
kelajagi.
Ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, munosib bandligini ta’minlash va
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar ustidan deputatlik
nazoratini kuchaytirish Termiz shahrida bu yo‘nalishdagi ishlarning
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.