Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 277485
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
28 Okt 2026
15:41

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_qonun
#okrugda_o'rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Obikor” mahallasida rais faoliyati va hududiy ishlar o‘rganildi

🫥Bandixon tumanida quyi bo‘g‘in boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla raislarining mas’uliyatini kuchaytirish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini nazorat qilish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Kengashning 20-"Obikor" saylov okrugi deputati X.Salomov okrugiga qarashli “Obikor” mahallasida bo‘lib,, o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

🫥Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi, aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🫥O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.