Barcha yangiliklar



SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
28 Okt 2026
15:34
#Buni_bilasizmi
#Buni_bilasizmi
Deputatlik nazorati – xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim konstitutsiyaviy institut
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar jarayonida xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini yanada kuchaytirish, ularning vakolatlarini samarali amalga oshirish hamda deputatlik nazoratining ta'sirchanligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet ijrosini ko‘rib chiqish, davlat dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, fuqarolar manfaatlariga daxldor dolzarb masalalarni muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilish vakolatiga ega.
Shuningdek, deputatlar o‘z saylov okruglaridagi aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining axborotlarini eshitish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborish orqali joylardagi masalalarning qonuniy va adolatli hal etilishiga ko‘maklashadi.
Bugungi kunda deputatlik nazorati hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, davlat dasturlari ijrosi, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarning natijadorligini ta'minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan qonun ustuvorligini ta'minlash, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash hamda fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube