








🏆 Yangi sport zali — sog‘lom avlod uchun yangi imkoniyat!
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev hamda Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov ishtirokida Gulzor mahallasidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholi va bolalar uchun yaratilgan sport sharoitlari o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabdagi sport inshootlari, sport zali hamda mavjud sport anjomlarining holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, dasturlar ijrosi doirasida o‘quvchilar uchun qurib bitkazilgan yangi sport zali bilan yaqindan tanishilib, unda yaratilgan sharoitlar, jihozlanish holati va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi.
⚽️ Yangi sport zali — bu yangi imkoniyatlar, yangi maqsadlar va sog‘lom kelajak sari yana bir muhim qadam!