Barcha yangiliklar











UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
23 Sen 2026
00:00
🤝 E’tibor — inson qadri uchun!
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi huzuridagi Ekspertlar guruhi a’zosi, tuman «Nuroniy» jamg‘armasi raisi J.Bo‘rixo‘jayev hamda ekspertlar guruhi a’zosi N.Egamov ishtirokida Xonobod mahallasida ehtiyojmand va kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan xonadonlarning ijtimoiy holati o‘rganildi.
🏠 O‘rganish davomida xonadonlarning mavjud sharoiti, oilalarning ehtiyojlari va muammolari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
💚 Har bir xonadon — e’tibor markazida. Har bir murojaat — yechim sari qadam.
Asosiy maqsad — ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va munosib ijtimoiy sharoit yaratishga ko‘maklashish.