Barcha yangiliklar
🛡 Xavfsiz mahalla — farovon hayot garovi!
Gallery image 277451
Gallery image 277452
Gallery image 277453
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
23 Sen 2026
00:00

🛡 Xavfsiz mahalla — farovon hayot garovi!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Begmatov Dehqonobod mahallasida bo‘lib, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔎 Ayniqsa, “qizil” va “sariq” hududlarda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

🤝 Mahallada osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash hamda jinoyatchilikning oldini olishda hamjihatlik va tizimli yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.

Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot poydevori!