



♿️ Imtiyozlar — e’tibor va himoyada!
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat G.Risqulova tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning amalda to‘g‘ri va qonuniy qo‘llanilishi holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida fuqarolarga yaratilayotgan sharoitlar, belgilangan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda ularning huquq va manfaatlari ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Har bir fuqaroning huquqi va manfaatini himoya qilish — doimiy e’tiborda.
📌 Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan imtiyozlarning to‘laqonli ta’minlanishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.