Barcha yangiliklar





UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
23 Sen 2026
00:00
💧 Nayman MFYda muhim masala — nazoratda!
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Z.Esirgapova tomonidan Kengashning 2026-yil 1-avgustdagi VII-30-50-10-135-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimligi mas’ullari bilan hamkorlikda “Nayman” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida aholi tomorqalarini sug‘orish suvi bilan ta’minlash, suvdan samarali foydalanish hamda xonadonlar ehtiyojini qondirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat tartibida ko‘zdan kechirildi.
📍 Jumladan:
▫️ 1 dona nasos o‘rnatish;
▫️ 1 dona sug‘orish qudug‘i qazish ishlari o‘rganildi.
🌱 Har bir amalga oshirilayotgan ish — aholi farovonligi va hudud obodligiga xizmat qiladi.