






🌨 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — e’tibor markazida!
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Saidova Qoraqo‘yli mahallasidagi 1-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida, avvalo, isitish tizimining holati, uning mavsum davomida barqaror va samarali ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🏥 Tibbiyot muassasalarida bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay, issiq va xavfsiz muhitni ta’minlash — muhim vazifalardan biridir.
📌 Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
Sog‘liqni saqlash muassasalarida qulay sharoit — aholi salomatligiga bo‘lgan e’tiborning muhim ko‘rsatkichidir.