



Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Har bir murojaat — e’tiborda
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Shoxida Nasridinova “Oltintepa” mahallasida bo‘ldi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish va aholi bilan samarali muloqot olib borish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Har bir murojaat ortida inson taqdiri, oilaning tashvishi va hal etilishi lozim bo‘lgan muammo turadi. Shu bois fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif, shikoyat va murojaatlar alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, ularni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
Aholini qiynayotgan masalalarni manzilli o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va murojaatlar ijrosini nazoratga olish orqali fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Zero, xalq ishonchi — eng katta mas’uliyat!
Har bir murojaat e’tiborda, har bir muammo yechim sari!