




QIŞ YAQIN, TAYYORMIZMI?
Dastlab, 2-sonli umumta’lim maktabining qiş mavsumiga tayyorgarligi örgandi.
Ma’lum bölishicha, ikki qavatli maktabda 650 nafar öquvçi tahsil oladi. Muassasa uch yil avval kömir bilan isitish tizimiga ötkazilgan. Maktab direktori vazifasini bajaruvchi A.Öljaboevaning ta’kidlashicha, ötgan yillarda isitish tizimi bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan. Joriy yilda esa yangi qozon örnatilgan, kömir sifati ham avvalgi yillarga nisbatan yaxşilangan.
Maktabda 120 tonna kömir zaxirasi tayyorlangan va yog‘ingarchilikdan himoyalash maqsadida usti yopilgan.
🏢 Keyingi manzil — “Davlatobod” mahallasi.
Bu yerda köp qavatli uylarning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi va isitish tizimlari holati örgandi. Mahalla fuqarolar yiğini raisi B. Samarovning ma’lumotiga köra, mahalladagi mavjud 46 ta köp qavatli uy markazlashgan isitish tizimiga ulanmagan. Xonadonlar turli isitish moslamalari yordamida isitiladi.
Bunday şaroitda, ayniqsa, qiş mavsumida is gazidan zaharlanish xavfining oldini olish muhim ahamiyatga ega. Shu bois aholi örtasida profilaktik tushuntirish işlarini muntazam olib borish, isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan ogohlantirishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
📌 Qiş mavsumiga tayyorgarlik — faqat kömir zaxirasi va isitish qozonlari bilan cheklanmaydi. Eng muhimi, ta’lim muassasalarida öquvchilar uchun munosib haroratni ta’minlash, aholi yashash uylarida esa xavfsizlik choralarini kuchaytirishdir.
🔰 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar viloyat Kengaşining navbatdagi sessiyasida masalani muhokama qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.