


Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Oylik_ish_reja_ijrosi
📌 Sessiya qarori qabul qilindi
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining VII-27-111-8-119-K/26-sonli qarori qabul qilindi.
💧 Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarorining 7-bandi “a” kichik bandiga muvofiq qabul qilindi.
📅 Qarorga asosan, 2026-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 1-aprelga qadar kuz-qish davrida Sherobod tumani hududidagi suv iste’molchilari uchun suv olish limitlarini belgilash nazarda tutilgan.
🌱 Asosiy maqsad — suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, suvdan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda mavjud suv zaxiralarini tejashdan iborat.
💧 Suvni tejash — kelajakni asrash!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube