



Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Deputat mahallada
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Oydin Daniyarxodjayeva “Gulzorobod” mahallasida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizim va rejalarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlarning mazmuni, ularning belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi, mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilishi hamda ijrosi ustidan nazorat olib borilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy, kommunal, bandlik va infratuzilmaga oid muammolarni manzilli o‘rganish, murojaatlarni ortiqcha sansalorlikka yo‘l qo‘ymasdan hal etish hamda har bir murojaat yuzasidan fuqarolarga asoslantirilgan javob berish muhimligi ta’kidlandi.