





Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#162_ta_Qonun
📌 YOSHLAR SIYOSATI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
🏢 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan Yoshlar ishlari agentligi Sherobod tumani bo‘limida uchrashuv o‘tkazildi.
🗣 Uchrashuv davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan fikr almashildi.
🇺🇿 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF–6017-sonli “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
✅ Muloqot davomida yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube