Barcha yangiliklar
MAHALLADA OBODONLASHTIRISH VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 277353
Gallery image 277354
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
28 Okt 2026
13:54

MAHALLADA OBODONLASHTIRISH VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Omonov E. tomonidan mahalla hududidagi obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi.

📍O‘rganish davomida hududda maishiy chiqindilarni to‘plash uchun mo‘ljallangan chiqindi qutilari va konteynerlarining holati, ularni joylashtirish hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, hududda yangi chiqindi konteynerlarini tayyorlash va o‘rnatish ishlari ko‘zdan kechirilib, ularning sanitariya talablariga muvofiqligi hamda hududning ozodaligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

⚖️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, hududlarda chiqindilarni to‘plash, saqlash va sanitariya holatini ta’minlashga qaratilgan.

🔎Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilishi ta’kidlandi.