Barcha yangiliklar
AHOLI MUROJAATI AMALIY YECHIM TOPDI: FUQARONING O‘G‘LI ISHGA JOYLASHTIRILDI
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
28 Okt 2026
13:52

AHOLI MUROJAATI AMALIY YECHIM TOPDI: FUQARONING O‘G‘LI ISHGA JOYLASHTIRILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Yeм Aleksandr tomonidan “Uvaisiy” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.

📌Murojaat davomida mahalla fuqarosi o‘z o‘g‘lini ishga joylashtirishda amaliy yordam so‘rab deputatga murojaat qildi.
Deputat Yem A. tomonidan fuqaroning murojaati atroflicha o‘rganilib, mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda uning o‘g‘lini ishga joylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada fuqaroning o‘g‘li munosib ish bilan ta’minlandi.

👥Aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, oilalar farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish — bugungi kundagi muhim vazifalardan biridir.

🇺🇿Prezidentimiz tomonidan ham kambag‘allikni qisqartirishda fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning daromad manbalarini yaratish va har bir oila bilan manzilli ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅Deputatning mazkur amaliy ishi ham aholining murojaatlarini joyida o‘rganish, fuqarolar muammolariga yechim topish hamda ularni bandligini ta’minlashga ko‘maklashish borasidagi ishlarning amaliy ifodasidir.