






“NURAFSHON” MAHALLASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
“NURAFSHON” MAHALLASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sh. Gaffarova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Nurmatov tomonidan “Nurafshon” mahallasi hududida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ko‘chama-ko‘cha aylanish jurnali asosida hududdagi sanitariya holati, maishiy chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish hamda ko‘chalarda tozalikni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
⚖️ Huquqiy targ‘ibot doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati o‘rganildi. Qarorda belgilangan talablar asosida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya qoidalariga rioya etish va hududlarning ekologik tozaligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
📋 Deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyasiga muvofiq:
▪️ Mahallada chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganish.
▪️ Ko‘chama-ko‘cha aylanish jurnali asosida mavjud muammolarni aniqlash.
▪️ Hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
▪️ Mas’ul tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilash.
📍 Maqsad — mahallada sanitariya tozaligini ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini takomillashtirish hamda aholi uchun toza va obod muhit yaratish.