Barcha yangiliklar
“JOMIY” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA XAVFSIZLIK ISHLARI OLIB BORILDI
Gallery image 277343
Gallery image 277344
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
28 Okt 2026
13:50

“JOMIY” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA XAVFSIZLIK ISHLARI OLIB BORILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF–206-sonli Farmoni doirasida hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni asrab-avaylash va aholi uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🌿Shu maqsadda xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati O.Eshonxodjayev tashabbusi bilan “Jomiy” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

✅Jarayon davomida sinib, xavf tug‘dirayotgan daraxt va uning shoxlari tartibga keltirilib, kesib olindi. Shuningdek, hududning umumiy holati ko‘zdan kechirilib, aholi xavfsizligini ta’minlash va mahalla hududini obod saqlashga qaratilgan ishlar olib borildi.