





KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQLIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA YASHIL ENERGIYADAN FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI Xalq deputatla
KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQLIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA YASHIL ENERGIYADAN FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uylarning ichki issiqlik tizimini yanada takomillashtirish va ularda yashil energiyadan foydalanishni kengaytirish yo‘nalishida Namangan shahrida olib borilgan monitoring natijalari yuzasidan “Yuksalish” harakati Namangan viloyat bo‘linmasi rahbari N. Muxammadiyevaning hisoboti eshitildi.
Hisobot doirasida ko‘p kvartirali uylarda issiqlik tizimlarining holati, energiya samaradorligini oshirish hamda muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlariga oid masalalar muhokama qilindi.
Mazkur yo‘nalishda mavjud muammolarni aniqlash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.
📋 Doimiy komissiya faoliyati doirasida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
▪️ Ko‘p kvartirali uylarning ichki issiqlik tizimlarini takomillashtirish.
▪️ Yashil energiya va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
▪️ Energiya samaradorligini oshirish va energiya resurslaridan oqilona foydalanish.
▪️ Monitoring davomida aniqlangan muammolarni tahlil qilish hamda ularning yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Maqsad — ko‘p kvartirali uylarning issiqlik ta’minotini takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish va yashil energiyadan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan ishlarni rivojlantirish.