
“QO‘SHCHINOR” MAHALLASIDA ELEKTR TARMOQLARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Yunusobod tumanidagi “Qo‘shchinor” mahallasida elektr tarmoqlarida olib borilgan ta’mirlash ishlaridan so‘ng hududning tartibsiz holatda qoldirilgani yuzasidan masala o‘rganildi.
🇺🇿O‘rganish davomida Yunusobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari natijasida ayrim hududlarda qazilgan joylar tegishli tartibda tiklanmagani, asfalt qoplamalari tekislanmagani hamda hudud obodonlashtirilmagan holatda qoldirilgani aniqlandi.
📌 Mazkur holat yuzasidan Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Yu. tomonidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📖Deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 5 va 8-moddalari, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida yuborildi.
🔎So‘rovda hududni tartibga keltirish, ta’mirlash ishlari davomida qazilgan va buzilgan asfalt qoplamalarini tekislash hamda tiklash, shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish so‘ralgan.
🤝Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida o‘rganilib, deputatlik so‘rovi ijrosi va belgilangan ishlarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi nazoratga olindi.